17 mar 15:25
Yangiliklar
Futbol
Dembele "Real"ga qarshi o'ynamaydi-mi?!
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele "Real"ga qarshi ikki uchrashuvni jarohat sabab o'tkazib yuborishi mumkin.
Gap La Liga doirasidagi 19 mart kuni bo'lishi rejalashtriilgan uchrashuv (o'ynamasligi aniq) va 5 aprel sanasidagi Ispaniya Kubogi yarim final javob bahsi haqida (katta ehtimol o'ynay olmaydi) ketmoqda. Futbolchi sonidan olgan jarohatini davolamoqda va jarayon avval taxmin qilinganidan ko'proq vaqt talab qilishi mumkindek.
Bu mavsum futbolchi 28 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma etkazib berdi.
Havola :
Fikrlar