17 mar 12:07
Yangiliklar
Futbol
Dembele PSJdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi
PSJ hujumchisi Usmon Dembele PSJdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"SHartnomani uzaytirmaslikka hech qanday sabab yo'q, lekin qarorni men qabul qilmayman. Mening shartnomam bo'yicha muzokaralar klub va mening agentim o'rtasida ketmoqda. Men faoliyatim boshidan buyon bu jarayonda ishtirok etmaganman», — deb fikr bildirdi Dembele.
Joriy klub mavsumida 27 ta o'yinda Dembele 12 ta gol urdi va ettita assist berdi. Futbolchi bilan parijliklar o'rtasidagi hozirgi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 100 million evro.
Havola :
Manba : France24
Fikrlar