16 apr 12:45
Yangiliklar
Futbol
ECHL 1/4 finali javob o'yinlaridan keyin haftaning eng yaxshisi bo'lish uchun to'rt nomzod elon qilindi
UEFA matbuot xizmati CHempionlar ligasi chorak finalining javob o'yinlari yakunlari bo'yicha haftaning eng yaxshi o'yinchisi uchun to'rt nafar nomzodni elon qildi.
Ular: "Barselona"dan Dani Olmo, "Bavariya"dan Maykl Olise, PSJ hujumchisi Usmon Dembele va "Arsenal" yarim himoyachisi Martin Subimendi.
Olmo "Atletiko"ga qarshi o'yinda (2:1) assist qildi, Olise "Real"ga qarshi o'yinda (4:3) g'alaba golini urdi, Dembele "Enfild"da "Liverpul"»ga qarshi (2:0) dubl qayd etdi, Subimendi esa "Sporting"ga qarshi o'yinda jamoaning asosiy rolini o'ynab, raqibga hisobni tenglashtirishga imkon bermadi.

Havola :
Fikrlar