30 avg 16:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Demetrius Jonson va Genri Cexudo trilogiyani yakunlab qo'yishga tayyor
UFC sobiq chempionlari Demetrius Jonson va Genri Cexudo o'zaro jang qilishga tayyor ekanliklarini malum qilishdi.
«Agar yaxshi summa taklif qilinsa, biz jang qilishga tayyormiz. Genri men kabi bu jangga qarshilik qilmasligi aniq. CHunki u yaxshi ishlab olishni istaydi»,-deb fikr bildirgan Jonson.
Bu fikrlari Genri Cexudo ham o'z javobini berdi.
«Agar eng engil vaznda jang qilish imkoni bo'lsa, faqatgina Demetrius Jonsonga qarshi jang qilishga rozilik beraman»,-degan Genri.
Eslatib o'tamiz, jangchilar o'zaro ikki bor jang qilishgan va har ikkisini hisobida bittadan g'alaba bor.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar