07 okt 09:59
Yangiliklar

Deontey Uaylder faoliyatini qachon yakunlashini elon qildi
36 yoshli bokschining so'zlariga ko'ra, u yana bir necha yil professional boksda qolishni rejalashtirgan.
"Menda yana uch yil jang qilish istagi bor. 40 yoshgacha jang qilaman va buni gapirishimiz shart emas. Bu haqda o'zimdan eshityapsiz. Keyinchalik OAV vakillari bu yangilikni aniq emas, tezroq berishga harakat qila boshlaydi. Ayniqsa bu yangilik men haqimda bo'lsa.
Hozir bu xabarni o'zim sizlarga aytayapman. Bilasizmi, men 41 yoshimgacha, yana uch yil boks tushishni xohlayman. Rejalashtirgan boshqa ishlarimni qilishga tayyorman. Umrimning qolgan qismini yosh avlod bilan o'tkazishni istayman", — deya Uaylderning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder navbatdagi jangni 15 oktyabr kuni Robert Xeleniusga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar