27 okt 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47530_220.jpg)
Deontey Uaylder: “Joshua 50 millionni rad etdi, u shunchaki qo'rqoq!”
Amerikalik jahon chempioni Deontey Uaylderning aytishicha, Entoni Joshua va uning jamoasi qo'rqqanidan birlashtiruvchi chempionlik jangini paysalga solmoqda.
Superog'ir vazn toifasidagi har ikki bokschi hali faoliyatida mag'lubiyat va durang qayd etmagan. Uaylder (40-0, 39 nokaut) eng nufuzli WBC yo'nalishida jahon chempioni bo'lsa, britaniyalik Joshua (22-0, 21 nokaut) esa WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlariga egalik qilmoqda.
“U shunchaki qo'rqoq! Aks holda taklif etilgan 50 million dollarlik gonorarga rozilik berardi. Entoni menga qarshi jangdan o'zini olib qochmoqda. Joshua va uning jamoasi tomonidan aytilayotgan gaplarning bari bahonadan boshqa narsa emas”, - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder 1 dekabr kuni AQSHda boshqa britaniyalik bokschi, sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar