15 iyu 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Deontey Uaylder oktyabrda ringga qaytadi. Raqib nomi malum
Boks bo'yicha og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder shu yilning kuzida ringga qaytishi mumkin.
Bokschi uchun potencial raqibni promouter Frenk Uorren topdi.
"Deontey oktyabr oyida jang qiladi. U qaytib keladi va Robert Xeleniusga qarshi jangi haqida o'zi gapiradi. Bu jang Amerikada bo'lib o'tadi. Men bu jangni tashkil qilmoqchiman. Hech shubha yo'qki, unga Fyuri bilan bo'lgan qiyin jangdagi nokaut og'ir bo'ldi", - dedi Uorren.
Eslatib o'tamiz, Uaylder oxirgi marta 2021 yilning oktyabr oyida Tayson Fyuriga yana nokaut bilan yutqazgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar