05 apr 07:11
Yangiliklar
Deontey Uaylder qaytdi, uning ishtirokidagi jang to'liq davom etdi
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglardan biri superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda amerikalik sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder britaniyalik 42 yashar Derek CHisoraga qarshi ringga ko'tarildi. Derek WBC kamari uchun 10 yillik tafovut bilan 2012 va 2022 yillarda davogarlik qilganini ham eslatib o'tish joiz.
Faxriylar o'rtasidagi jang to'liq 12 raund davom etdi va yakunda Uaylder hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozondi. Hakamlarning ikki nafari 115-111, 115-113 hisoblaridagi g'alabani Deonteyga taqdim etdi. Uchinchi hakam esa 115-112 hisobida Derek g'alaba qozondi deb hisobladi.
Etiborga molik yana bir statistik malumot shuki, har ikki bokschi ham professional boksdagi faoliyatlarida o'zlarining yubiley 50-janglarini o'tkazishdi. Uaylder bundan avvalgi jangini 2025 yilning iyun oyida Tayrrell Xerndonga qarshi o'tkazgan va g'alaba qozongandi. Bu bilan u o'zining ikki mag'lubiyatli seriyasini yopib ketgandi. CHisora esa aksincha kecha tunda o'zining uchta g'alabali seriyasini to'xtatdi. Derek Jerald Vashington, Jo Joys va Otto Vallinni taslim etgan edi.

Fikrlar