26 dek 14:53
Yangiliklar
Deontey Uaylder: "SHubhasiz, u bilan jang qilaman"
U IBF, WBA, WBO va IBO yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni, britaniyalik 36 yoshli Entoni Joshua bilan jang o'tkazishga tayyorligini malum qildi.
"Deyarli aniq, Joshua bilan jang qilaman. Ha, shubhasiz! Biz jangchilarmiz, Entoni hamon faol. O'rtamizdagi jang - odamlar hali ham ko'rishni istaydigan eng muhim janglardan biri. Yuqorida aytib o'tganimdek, ikkalamiz ham hali hanuz shu biznesdamiz. Imkoniyat bor ekan, biz ringda o'zaro uchrashishimiz kerak", - deya Uaylderning so'zlarini keltiradi MMA Mania portali.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder professional bokschi sifatida 2008 yilning noyabridan beri ringga ko'tarilib kelmoqda. Uning rekordida 44 ta g'alaba, to'rtta mag'lubiyat va bitta durang bor.

Fikrlar