12 okt 18:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder Usikka qarshi jang haqida gapirdi
Super og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder ukrainalik bokschi Aleksandr Usik haqida gapirdi.
Uaylderning so'zlariga ko'ra, ukrainalik bokschi birinchi og'ir vazn toifasida yaxshiroq jang o'tkazgan.
"Menga Usikning birinchi og'ir vazn toifasidagi harakatlari ko'proq yoqadi. Super og'ir vaznda ham yaxshi, ammo Usik pastki vaznda yaxshiroq jang qiladi. Bu mening fikrim.
Jangchi va inson sifatida Usikni juda hurmat qilaman. U haqida ko'p yaxshi gaplar eshitganman. Hech qachon salbiy gap eshitmaganman. SHuning uchun Usikka faqat yaxshi baho bera olaman. U haqida menda faqat ijobiy taassurotlar bor. Qachonki u tayyor bo'lsa, vaqtni behuda o'tkazib yurmayman", - deya Uaylder so'zlarini keltiradi Boxing News 24.
Avvalroq, Uaylder Fyuri bilan trilogiyadagi eng katta xatosini aytgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar