29 mar 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylderning qaytish sanasi, raqibi va jang manzili elon qilindi
Superog'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder (43-4-1, 42 KO) 27 iyun kuni AQSHning Kanzas shtatida joylashgan Uichito shahrida ringga chiqadi.
Uning raqibi amerikalik Tayrell Entoni Xerndon (24-5, 15 KO) bo'ladi. Bu haqda Boxing Scene portali xabar berdi.
Avvalroq Uaylderning qaytishi 27 aprel kuni boshqa bir amerikalik bokschi Kyortis Xarperga qarshi jangda rejalashtirilgan edi, biroq bu to'qnashuv bekor qilindi.
Eslatib o'tamiz, Uaylder o'zining so'nggi jangini 2024 yil iyun oyida o'tkazgan va unda xitoylik CHjan CHjiley tomonidan nokautga uchratilgan edi. Undan avval esa sobiq chempion Jozef Parkerga hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar