So’nggi yangiliklar

17:33"Ливерпуль" МЮнинг трансфер мақсадини илиб кетиши мумкин 0 16:46Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0 13:15Бугун оғир атлетикачиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки бошланади 0 12:33Янгиланган UFC рейтингида Богдан Гусков кўтарилди 0 11:48Ямалнинг отаси аэропортда официант қизнинг юзига тупуриб, эркак кишига стул отди 1 11:03Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини муваффақиятли бошлади 0 10:22Toray Pan Pacific Open Tennis. Раҳимова дунёнинг 33-ракеткасини мағлуб этди 0 09:31Ўзбекистон ва Хитой крикет соҳасида ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқмоқда 0 08:39Англия лига Кубоги. 4-даражали лиганинг 18-ўриндаги жамоаси "Арсенал"ни турнирдан чиқариб юборди 0 07:57Боксчиларимиз Жаҳон чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 07:06Янгиланган UFC рейтингида Кавана кўтарилди. Темировчи? 0

13 sen 14:48
Yangiliklar

Boks/MMA

Devid Benavides: "Birinchi og'ir vaznda bitta yirtqich bor va u - men!"

Birinchi og'ir vazn toifasida WBA va WBO kamarlari sohibi Devid Benavides ushbu vazndagi The Ring chempioni Jey Opetayyaga kelasi yilning may oyi boshida o'zaro jang o'tkazishni taklif qildi.

Bu taklif avstraliyalik bokschining bugun Las-Vegasda bo'lib o'tgan "Zuffa Boxing" oqshomida WBC chempioni Noel Mikaelyan ustidan qozongan g'alabasidan so'ng yangradi.

G'alabadan so'ng Opetayya Benavidesni ringga chorladi va qo'riqchilar biroz ikkilanishgan bo'lsa-da, uni ichkariga kiritishdi. CHempionlar bir-biriga nisbatan juda hurmat bilan munosabatda bo'lishdi.

"Men uni hurmat qilaman, u boksda ko'p ajoyib ishlarni amalga oshirdi. Men u bilan ringda to'liq hurmat saqlagan holda uchrashmoqchiman. Keling, buni amalga oshiramiz", — dedi Opetayya Benavidesga. Devid Benavides esa darhol asosiy masalaga o'tdi.

"Keling, bu jangni kelasi yili tashkil qilamiz. Kelasi yil "Sinko de Mayo"da (5 may, Meksika bayrami), — deya taklif qildi Benavides. — Qarshimda ajoyib, kuchli jangchi turibdi, lekin bu divizionda faqat bitta yirtqich bo'lishi mumkin va u — menman! Bu yigit ajoyib jangchi, biz muxlislarga zo'r jang taqdim etamiz. Menga bu yigit yoqadi. Ko'rinishidan, u ham men kabi jang qilishni yaxshi ko'radi".

Joriy yilda Benavides birinchi og'ir vaznda chempionlik kamarlarini aynan Meksikaning eng yirik bayramlaridan biri — "5 may" arafasida qo'lga kiritgan edi. Bu sana ilgari Saul "Kanelo" Alvaresning janglari uchun ajratilgan bo'lardi.

Mikaelyanga tegishli bo'lgan WBC kamarining taqdiri hali nomalum. Katta ehtimol bilan, Benavides ushbu kamar uchun jang qiladi, chunki WBC avvalroq Mikaelyanga Benavidesga qarshi majburiy himoya jangini tayinlagan edi, biroq Mikaelyan Opetayya bilan jang qilish uchun shartnoma imzolab yuborgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing