29 may 15:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Devid Benavides Dmitriy Bivolni qochgani uchun tanqid qildi
Yarim og'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Devid Benavides ushbu toifadagi qolgan barcha chempionlik kamarlari egasi Dmitriy Bivolni jangni qabul qilmagani uchun tanqid qildi.
Bivol Artur Beterbievga qarshi uchinchi jangni afzal ko'rmoqda.
"Bivolga 8 million dollar taklif qilishgan. U aslida qancha pul olishini bilmayman, lekin gaplarga qaraganda, Beterbievga qarshi oxirgi jang uchun u $2,7 million ishlab topgan. Bu safar unga uch baravar ko'p taklif qilishgan.
SHuni ham unutmang: Bivol ham, Beterbiev ham boks dunyosida unchalik mashhur emas. Ular ajoyib jangchilar, lekin janglari yaxshi sotilmaydi. SHu sabab men uchun tushunarsiz — nega u menga qarshi chiqib, rostdan ham katta pul ishlashni xohlamaydi?!", — dedi Benavides.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar