16 apr 19:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Devid Xey Fyuri va Joshua o'rtasidagi asosiy farqni aytdi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devid Xey WBC chempioni Tayson Fyuri va WBA, WBO va IBF kamarlari egasi Entoni Joshua o'rtasidagi eng katta farqni aytdi.
"Joshuaning Endi Ruizga uchragan mag'lubiyati unga katta dars bo'ldi. Tayson Fyuri esa Uaylder ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng osmonlarda uchib yuribdi va mag'lub bo'lmas bokschi ekanligiga ishonmoqda. Men ham bir vaqtlar shunday xatoga yo'l qo'ygan edim.
Joshua mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U Olimpiya chempioni va juda ko'p titul janglari o'tkazgan. Professional boksda ham u o'rganishda davom etmoqda.
Fyuriga kelsak u g'alabani juda ko'p nishonlab yubordi. Bu bodibilderlar musobaqasi emas. Joshua esa hali hamon o'zi ustida ishlamoqda, o'rganmoqda. Menga Joshuaning kayfiyati va tartibi yaxshi taassurot qoldirmoqda", -dedi Devid Xey.
Havola :
Manba : SkySports.com
Fikrlar