25 may 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Devin Xeyni: "Odamlar xohlagan narsani aytishlari mumkin"
Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Devin Xeyni jamoatchilikning ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang natijasidan noroziligiga munosabat bildirdi.
"Odamlar xohlagan narsani aytishlari mumkin. Hakamlar bir ovozdan qaror qabul qilishdi va bu eng muhimi. Bir emas, barcha hakamlar yakdil qaror qabul qilishdi. SHuning uchun men g'alaba qozondim, qolganlari esa ahamiyatsiz. Men har bir jabhada g'alaba qozonishga harakat qildim", - dedi Xeyni.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar