27 okt 08:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Devin Xeyni qachon yarim o'rta vaznga o'tadi? Bokschi javob berdi
Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Devin Xeyni yaqin kelajakda yarim o'rta vazn toifasiga o'tish imkoniyati haqida gapirdi.
"Hullas, dunyoning eng yaxshi bokschilari bilan jang qilaman. Muxlislar ko'rishni istagan janglarni o'tkazaman. Oldinda juda katta janglar bor, lekin birinchi navbatda oldimdagi raqib Rejis Progreysni mag'lub etishim kerak. Jarayon allaqachon boshlangan. Oldinga qaramayman, lekin nima kutayotganini bilaman. Men faqat oldimda turgan barcha yigitlarni mag'lub etishim kerak.
Mening tanam kutilganidan tezroq o'smoqda. 135 funt vazn yiqqunimcha qiynalganman. SHuning uchun aytishim mumkinki, yarim o'rta vazn toifasi unchalik uzoq emas, ammo hozir 140 funtman. Bu vazn toifasini zabt etishni istayman, keyingisi yarim o'rta vazn toifasi bo'ladi", - dedi Xeyni.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar