30 mar 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Devin Xeyni Rolando Romeroga SHahram G'iyosov bilan jang qilishni maslahat berdi
Prof boksning yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Devin Xeyni WBA kamari sohibi Rolando Romero bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Rolli o'zini ommabop yulduzdek ko'rsatib, xom hayollarga berilib yuribdi, lekin u bitta kichik zalni ham to'ldira olmaydi. Jangning hali ham tashkil etilmaganiga asosiy sabab shu – taklif qilinayotgan mablag' ko'ngildagidek emas. Men boshqa variantlarni ko'rib chiqyapman, u shunchalik "mashhur" ekan, borib o'zining majburiy davogari bilan jang qilaversin", deydi Xeyni.
Malumot uchun, Romero egalik qilayotgan WBA kamari uchun hamyurtimiz SHahram G'iyosov majburiy davogar hisoblanadi.

Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar