14 dek 10:41
Yangiliklar
Deyarli 1,5 million dollar?! O'zbek bokschilari IBA Jahon chempionatida qancha mukofot puliga ega bo'ldi?
O'zbekiston terma jamoasi musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.
SHuningdek, ikki nafar bokschimiz chorak finalgacha etib borib, 5-o'rin bilan kifoyalandi.
Bu yilgi musobaqaning sovrin jamg'armasi umumiy hisobda 8,2 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Mukofot pullari quyidagicha taqsimlanadi:
Oltin: 300 ming AQSH dollari
Kumush: 150 ming AQSH dollari
Bronza: 75 ming AQSH dollaridan
5-o'rin: 10 ming AQSH dollaridan
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi vakillari umumiy hisobda 1 million 445 ming AQSH dollari pul mukofotiga ega chiqishdi.
Qayd etish lozimki, ushbu mukofot pullarida sportchining murabbiyi va milliy federaciyaning ham ulushi bor: qo'lga kiritilgan pulning 50 foizini sportchi oladi. 25 foizi murabbiyga, yana 25 foizi esa mamlakat boks federaciyasi beriladi.
Fikrlar