23 mar 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Deyveson Figeredo va Brendon Moreno o'rtasida to'rtinchi jang o'tkaziladi
UFC kamarini qaytarib olgan Deyveson Figeredo hamda ushbu vaznning sobiq chempioni Brendon Moreno o'rtasida to'rtinchi jang ham tashkil etiladi.
Jang iyul oyiga mo'ljallanmoqda. Bu haqida taniqli sharhlovchi Ariel Xelvani jangchilarga yaqin manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.
Malumot uchun, 2020 yilning dekabr oyida Figeredo va Moreno o'rtasidagi ilk jang o'tkazilgandi. O'shanda durang natija qayd etilib, Figeredo chempionlik kamarini o'zida saqlab qolgan edi.
2021 yilning iyun oyida meksikalik revansh olishga muvaffaq bo'ldi. U braziliyalik chempionni uchinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. SHu yilning yanvar oyida trilogiya o'tkazildi va unda Figeredo ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, yana kamarini qaytarib oldi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar