06 dek 14:16
Yangiliklar
Deyvison Figeyredo: "Agarda O'Melli bilan jang qilsam, u tamom bo'ladi"
"Kamar uchun jangga tayyorlanish qandayligini bilaman. Dahshatli jangchilari bor o'ta engil vazn toifasidagi sobiq chempionman. Titul jangiga loyiqman deb o'ylayman. Rob (Font) - eng yaxshi jangchilardan biri, o'zimni yaxshilab sinab olishni istayman. Agarda menga titul jangini taklif qilishsa, undan foydalanishga harakat qilaman.
SHon O'Mellida kuchli zarba bor, biroq o'z jamoamga va o'z yo'limga ishonaman. Hozir divizionning eng yaxshilaridan biri Genri Sexudo bilan mashg'ulot olib boryapman. Bu yigit taktika tanlashga juda usta. Jiu-jitsuda kuchliman va grepplingda ham yomon emasman, biroq undan foydalanishni yoqtirmayman. SHunchaki jang qilib, barchasini oddiy qilib hal qilmoqchiman.
SHon O'Melli bilan ajoyib shou uyutirishni istayman. Agarda oktagonda uni yonimga qo'ysangiz, u tamom bo'ladi", - dedi Deyvison Figeyredo.
Eslatib o'tamiz, Rob Font UFC Fight Night 233 turnirida Deyvison Figeyredoga hakamlar qarori evaziga mag'lub bo'lgandi.
Fikrlar