09 fev 13:03
Yangiliklar
Futbol
Di Mariya yana 1 yil Evropada qolishni istamoqda
Argentinalik futbolchi Anxel Di Mariya Evropada o'ynashni davom ettirmoqchi.
Malum bo'lishicha, u yana kamida bir yil ko'xna qitada qolmoqchi. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi. Avvalroq "Yuve" futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
U 2007 yilda "Benfika"da Evropadagi faoliyatini boshlagan. "Yuventus"gacha u "Real", MYU va PSJ jamoalari tarkibida o'ynadi.
Ushbu mavsumda Di Mariya "Yuve" safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Havola :
Manba : Football Italia
Fikrlar