03 apr 17:12
Yangiliklar
Gimnastika
Dildora Aripova yana shohsupada!
Ozarbayjon poytaxtida sport gimnastikasi bo'yicha jahon kubogining so'nggi bosqichi poyoniga etib bormoqda.
Quvonarlisi, bugungi kun dasturi ham jamoamiz uchun medal bilan yakunlandi.
Erkin mashq dasturida finalga yo'l olgan Dildora Aripova ajoyib dasturi bilan 12.866 ball jamg'ardi. Bu esa finalchilar orasidan uchinchi ko'rsatkich bo'ldi va Aripova bronza medali bilan taqdirlandi.
Qayd etish joiz, Dildora Qohirada o'tgan bosqichda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar