31 avg 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillashou qaytmoqda!
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Ti Jey Dillashou yaqin orada oktagonga qaytishini malum qildi.
U yana chempion bo'lishga vada berdi. Dillashou o'zining Instagram sahifasida «Men qaytishga tayyorman va tez orada o'zimga tegishli narsalarni qo'lga kiritaman», — deb yozib qoldirgan.
Malumot uchun , 2019 yil mart oyida u dopingga qarshi testdan o'ta olmagandi. USADA uni ikki yilga janglardan chetlashtirgan edi. Sobiq chempion oktagonga oxirgi marta 2019 yil yanvar oyida chiqib, Genri Cexudoga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar