26 jan 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillashou Yan va Sterling jangi haqida: "Men pullarimni Pyotrga tikaman"
Super engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Ti Jey Dillashou Aljameyn Sterling va Pyotr Yan o'rtasidagi revansh haqida gapirdi.
"Men pullarimni Pyotrga tikaman. Bu fikrga shunchaki birinchi jangni ko'rib keldim. O'shanda Sterling shunchaki taslim bo'lgandi. U g'alaba uchun deyarli hech nima qilmagandi.
Yan - qotil. U qanday jang qilishini ko'rganmisiz? Pyotr o'z raqibini butun jang davomida bosimda ushlab turib, toza zarbalar yo'llaydi. Yanning o'z mentaliteti bor.
Unga qarshilik qila oladigan yigitlar ham etarlicha. Bizda shunchaki yaxshi sportchilar va kuchli jangchilar bor. Yan va men kabi jangchilar shular jumlasidandir. Bizda alohida jang qilish qobiliyatlari bor", -deydi Ti Jey Dillashou.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar