06 avg 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Dillian Uayt muvaffaqiyatsiz doping-testdan so'ng bayonot berdi
Super og'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun sobiq davogar, britaniyalik Dillian Uayt hamyurti Entoni Joshua bilan revansh jangi oldidan doping-testdan o'tmaganiga izoh berdi.
Jang 12 avgust kuni Londonda bo'lib o'tishi kerak edi.
"Men sinov natijalarini eshitib hayratda qoldim va xafa bo'ldim. Bu haqda faqat bugun ertalab bildim. Aybsizligim isbotlanmay jang bekor qilinganini ham bildim.
Hayotimda noqonuniy moddalarni qabul qilmaganimni tasdiqlay olaman. Men mutlaqo aybsizman, sizdan xulosa chiqarishga shoshilmasdan isbotlash jarayonidan o'tishim uchun vaqt berishingizni so'rayman", - dedi Uayt ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar