23 jan 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uayt Povetkinga qarshi revansh oldidan Lennoks Lyuisning murabbiyini yolladi
Britaniyalik superog'ir vaznli bokschi Dillian Uayt (26-2-0, 18 KO) Aleksandr Povetkinga (36-2-1, 25 KO) qarshi revansh oldidan o'z jamoasiga biroz o'zgartirish kiritdi.
Uayt o'ziga afsonaviy bokchi Lennoks Lyuisning ustozi Garold Naytni murabbiy qilib yolladi.
"Ishoninglar, revanshda Uaytga qiyin bo'ladi. Povetkin umuman taslim bo'lmaydigan jangchi. SHu sababli, barchasi Dillianning qanchalik kuchli bo'lib qaytishiga va uning jamoasi qattiq mehnat qilishiga bog'liq. Biz o'zimizni qanday ko'rsatishimizni tez orada bilib olamiz", - dedi Garold Nayt.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar