19 avg 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uayt Usikka qarshi revansh oldidan Joshuaga maslahat berdi
Superog'ir vazn toifasida chempionlikka sobiq davogar Dillian Uayt hamyurti Entoni Joshua va ukrainalik Aleksandr Usik o'rtasidagi revansh jangi haqida gapirdi.
"Bu Joshuaning faoliyatidagi eng katta jang bo'ladi. Men uni oldingi darajasiga qaytishini kutib qolaman. Odamlar yana tajovuzkor jang qilish haqida gapirishlarini tushunaman. Oxirgi jangimda men har doimgidek emas edim va o'zimga tajovuzkor boks ko'rsatishim kerakligini aytdim. Menimcha, bu Joshua uchun ham to'g'ri qaror bo'ladi va bu jangda g'alaba qozonishning yagona yo'li.
Ikki marotaba to'qnash kelganmiz va janglarimiz tajovuzkor ruhda o'tgan. Bu Usikka qarshi jangdan farq qiladi. Ishonamanki, agar Joshua avvalgidek tajovuzkor boks namoyish etsa, Usikni nokautga uchratishi mumkin", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar