01 dek 13:36
Yangiliklar
Dilshod Abdumurodov Osiyo chempionatida qozog'istonlik raqibi bilan to'qnash keldi
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi Dilshod Abdumurodov (60 kg) nimchorak final bosqichida ringga ko'tarildi. Hamyurtimizga qozog'istonlik Bibars Jexen raqiblik qildi.
3 raundlik jang to'liq davom etdi va unda ochkolar hisobiga ko'ra Bibars Jexen g'alaba qozondi. Endi qozog'istonlik bokschi 5 dekabr kuni chorak final bosqichi doirasida Tojikiston vakili Akmal Ubaidov bilan jang qiladi.
SHu tariqa, O'zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi.
Malumot o'rnida, bu Abdumurodov va Jexen o'rtasidagi ikkinchi jang edi. 2023 yil iyun oyida Astanada (Qozog'iston) o'tkazilgan ilk bellashuvda hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi.
Fikrlar