23 okt 16:12
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora ikki karra jahon chempioniga qarshi munosib bahs olib bordi
Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa davom etmoqda.
Hozirgina -52 vazn toifasidagi yurtdoshimiz kadetlar o'rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorova ikkinchi davra uchrashuvini o'tkazdi. Dzyudochimiz ikki karra jahon chempioni, dunyoning eng yosh jahon chempioni hisoblanadigan ukrainalik Darya Bilolidga qarshi bahs olib bordi.
Asosiy vaqtda g'oliba aniqlanmadi. Qo'shimcha bo'limda tajribali, bo'y jihatdan ancha ustun bo'lgan Bilodid g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi. Darya ilk bor -52 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar