So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

02 may 17:52
Yangiliklar

Dzyudo, Parij-2024

Diyora Keldiyorova: “Bor etiborim Parij-2024 medaliga qaratilgan”

Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida o'z oldiga katta maqsad qo'ygan dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Diyora Keldiyorova ayni kunlarda Yaponiyaning Tokio shahridagi Kodokan dzyudo institutida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boryapti.

Qayd etish joiz, Olimpiya o'yinlariga qisqa fursat qolganida Yaponiya jamoasi yopiq tarzda tayyorgarlik ko'radi. Biroq O'zbekiston va Yaponiya dzyudo federaciyalari o'rtasidagi iliq munosabatlar sabab kunchiqar yurt jamoasi istisno tariqasida faqatgina hamyurtimizga o'z eshiklarini ochdi. Sportchimiz bilan bog'lanib, mashg'ulot jarayoni, to'rt yillikning eng muhim startiga ko'rayotgan tayyorgarligi, rejalari haqida so'radik:


– Diyora, Yaponiya yig'ini qanday o'tmoqda? Mashg'ulotlarda Sizga kim hamrohlik qilyapti?

– Kutganimizdek, mashg'ulotlar alo darajada o'tyapti. Federaciyalarimiz o'rtasidagi do'stona munosabatlar sabab faqat men Yaponiya ayollar terma jamoasi bilan o'z tajribamni oshiryapman. Bu erda har bir vazn toifasida Yaponiyaning eng kuchli dzyudochilari, jahon va Olimpiada chempionlari shug'ullanyapti. Ishonamanki, ushbu yig'in yanada o'sishim uchun foyda beradi. Safarda menga murabbiy Marko SHpittka va shifokorimiz hamrohlik qilyapti.


– Qatnashgan so'nggi musobaqangiz Gonkongdagi Osiyo chempionati yarim finalida aynan yapon dzyudochisiga imkoniyatni boy berdingiz. Mag'lubiyatning sababi raqibni yaxshi bilmasligingizmidi yoki sport formasida emasmidingiz?

– Yo'q, buning sababi sport formada emas. Biz doimiy ravishda mashg'ulotlardamiz va holatimizni bir maromda ushlab turibmiz. Sportda hamma narsa bo'lishi mumkin. Ochig'ini aytsam, Osiyo chempionatidagi hakamlikdan ko'nglim to'lmadi. O'shanda qo'shimcha vaqtda vazari bahosini ishlagan edim, lekin hakamlar bunga ko'z yumishdi. Qanday qilib bunday vaziyatga baho bermaslik mumkin, deb turgan paytim o'zim usulga tushib qoldim.


– Yaponiya yig'ini qancha vaqt davom etadi? SHu bilan Sizni Parij-2024 Olimpiadasida ko'ramizmi?

– Osiyo chempionati va Olimpiada orasida katta vaqt bor. SHuning uchun orada bitta startda ishtirok etishim talab etiladi. Tokio yig'ini 10 kunga belgilangan. Oldinda turgan Tojikiston va Qozog'istondagi “Katta dubulg'a” turnirlarini o'tkazib yuboraman. SHu bilan Abu-Dabida o'tadigan jahon chempionati va Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida kurashaman. Albatta, bor etiborim Parij-2024 medaliga qaratilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing