05 may 15:23
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora Keldiyorova Kodokan International markazidagi mashg'ulot yig'inini yakunladi
O'zbekiston ayollar terma jamoasi etakchisi Diyora Keldiyorova Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkazilgan o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etdi.
Dzyudo vatanidagi mashg'ulotlar Diyora uchun Abu-Dabi shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab berdi.
Malumot uchun, Diyora Keldiyorovaning Kunchiqar yurtda o'tkazgan mashg'uloti ikki mamlakat dzyudo federaciyalari o'rtasidagi yaqin do'stona munosabatlarning mahsuli bo'ldi.
"Yaponiya terma jamoasi bilan mashg'ulotlarimiz yakuniga etdi. Men o'zim uchun kerakli tajribalarni oldim. Har bir qadamim men uchun juda muhim. Qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Arrigato Japan", - deydi Keldiyorova.
Diyoraga safar davomida O'zbekiston dzyudo federaciyasi sport direktori Marko Spittka hamda shifokor Nelli Stromm hamrohlik qildi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar