24 iyu 11:37
Yangiliklar
Dzyudo

Diyora Keldiyorova Ulan-Bator “Katta Dubulg'a” turniri finalida!
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turniri davom etmoqda.
Quvonarlisi, -52 kg vazndagi vakilamiz Diyora Keldiyorova hozirgina yakuniga etgan 1/2 bellashuvida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U portugaliyalik Joana Diogoni ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Diyora kechki dasturda rossiyalik Alesya Kuznecovaga qarshi oltin medal uchun tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar