So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

14 noy 11:35
Yangiliklar

Dzyudo

Diyora Keldiyorova yangi vaznga o'tadimi? Uning o'zi javob berdi

Teglar :  Diyora Keldiyorova
Parij-2024 Olimpiya o'yinlari chempioni Diyora Keldiyorovaning tarixiy g'alabasi ko'pchilik yoshlar, ayniqsa, yosh qizlar uchun juda katta motivaciya bo'ldi.

Olamshumul chempionligi bilan minglab hamyurtlarimizda sog'lom turmush tarziga qiziqish uyg'ota olgan sportchimizga ayrim savollar bilan yuzlandik.

– Sizni yana qachon tatamida ko'ramiz?

– Hozir jarohatlarimni davolayapmiz. SHuning uchun aniq bilmayman. Kelgusi Olimpiadagacha yana 4 yil vaqtimiz bor. SHuning uchun ham hozir ozgina tatildamiz. O'tgan Olimpiadada COVID-19 pandemiyasi bo'lgani uchun Parij-2024 cikli qisqaroq bo'ldi. So'nggi 7 yil umuman dam olmadik, desam ham bo'ladi. SHuning uchun ham hozir hordiq chiqaryapman va shu paytgacha bezovta qilgan barcha jarohatlarimni tuzatyapmiz.

– Yangi Olimpiada ciklida vazn toifangizni o'zgartirasizmi?

– Yo'q, o'zgartirmayman. Bunday rejam yo'q.

– Ortingizdan dzyudoga kelayotgan yosh qizlar sezilarli darajada ko'payib ketayotganini Siz ham sezayotgandirsiz. Buni hissiyotini ulasha olasizmi?

– Albatta, bundan juda xursandman. To'g'risi, dzyudoga kelayotgan qizlar bunchalik ko'payishini kutmagan edim. O'zbekistonda ayollar sportini rivojlanishi uchun ozgina bo'lsa ham hissa qo'shgan bo'lsam, judayam xursandman. Buning ortidan opa-singillarimiz sog'lom turmush tarzini tanlashyapti. Sog'lom onadan sog'lom farzand dunyoga keladi. Bu, albatta, professional sportda ham «meva»sini ko'rsatadi. Bizda (ayollar dzyudosida) raqobat unchalik ham kuchaymagan edi. CHunki avval dzyudochi qizlar soni kam edi. O'ylaymanki, yaqin davrda raqobatni bugungidan ham kuchaytiramiz. Har bir vaznda etakchilikka davogarlarni 10 taga etkazib olsak, bu ayollar dzyudosida juda katta ko'tarilish bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing