18 iyu 19:06
Yangiliklar
Dzyudo

Diyora Keldiyorovaning nomzodi IJF Atletlar komissiyasi azoligiga qo'yildi, davogarlar orasida Bilodid ham bor
Budapeshtda davom etayotgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Atletlar komissiyasi azoligi uchun saylov ham o'tkazilmoqda.
Saylov jarayoni boshlangan bo'lib, unda akreditaciyadan o'tgan sportchilargina ovoz berish huquqiga ega bo'ladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, nomzodlar orasida Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova ham bor. Ovoz berish jarayonida unga Darya Bilodid (Ukraina), Ryonosuke Haga (Yaponiya), Natan Kac (Avstraliya) va Keytlin Kuadros (Braziliya) raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar