17 fev 14:59
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turniri 1/4 finalida!
Isroilning Tel-Aviv shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 154 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir davom etmoqda.
-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan kadetlar o'rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorova musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. U ilk davra bellashuvida Qozog'iston vakilasi Saltanat Sultanbekovani ippon bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Diyora Keldiyorovaning chorak finaldagi raqibasi franciyalik Astride Gneto bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar