17 dek 10:32
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora va Gulnoza Albaniyaga etib bordi
O'zbekiston ayollar terma jamoasining ikki etakchi vakilasi - Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyazova Istanbul orqali Albaniya davlatiga etib bordi.
Xabaringiz bor, dzyudochi qizlarimiz 12 kun davomida Netanya shahrida Isroil ayollar terma jamoasi bilan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etgan edi. Endi ularni Albaniyada tashkil etiladigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini kutmoqda. Bu mamlakatdagi yig'inda Evropaning bir nechta davlat terma jamoalarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, hozirda har ikki dzyudochimiz ham Tokio Olimpiadasi yo'llanmalari uchun kurash olib boryapti. Isroil va Albaniyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari yanvar oyida Dohada o'tadigan yilning dastlabki IJF turniri - Qatar "Masters"ga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.

Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
07:50
Australian Open 2026. Birinchi raketkamiz dunyoning uchinchi raketkasi bilan 100 daqiqa o'ynadi 0
Fikrlar