So’nggi yangiliklar

14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0

22 okt 09:20
Yangiliklar

Dzyudo

Diyorbek O'razboevning doping masalasiga rasmiy munosabat

Teglar :  Diyorbek O'razboev
Matbuotda dzyudo bo'yicha Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sohibi, Osiyo o'yinlari g'olibi, jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi Diyorbek O'razboevdan olingan doping tahlilda taqiqlangan modda aniqlangani haqida xabarlar chop etildi.

Unga ko'ra, Diyorbek O'zbekiston Milliy antidoping agentligining “Milliy test ro'yxati”ga kiritilgan bo'lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o'tishi belgilangan. Joriy yilning 6 may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan. 

Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O'zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko'rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etgani, yani “Meldonium” taqiqlangan moddasi istemol qilgani aniqlangan. 

“Meldonium” taqiqlangan moddalar ro'yxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub hisoblanadi. Buning natijasida O'razboev 3 yil muddatga diskvalifikaciya qilindi. CHetlatish 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustga qadar etib belgilangan.

Dzyudochi diskvalifikaciya muddati tugagunga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va O'zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida belgilab qo'yilganidek, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlanadi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matni to'liq keltirilgan xabar yuzasidan o'z munosabatini bildiradi. Diyorbek O'razboev milliy terma jamoa azosi sifatida oxirgi ishtirok etgan musobaqasi 2021 yilning 18-20 fevral kunlariga to'g'ri keladi. U shu sanada Tel-Aviv (Isroil)da o'tgan “Katta Dubulg'a” turnirida qatnashgan. Ushbu musobaqadan keyin bir necha bor o'quv-mashg'ulot yig'iniga taklif qilinishiga qaramay, ishtirok etishni istamagan. Bu borada uning o'zi ham, oila azolari ham ogohlantirilgan. O'zi bilan profilaktik suhbatlar o'tkazilgan. Vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmasa, milliy terma jamoadan chetlatilishi bo'yicha ogohlantirish berilgan. 

SHundan kelib chiqib, Diyorbek Baxtiyor o'g'lining 2021 yilning fevralidan to shu kungacha dzyudo bilan shug'ulanmay kelayotgani, tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inlari, xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayotganini inobatga olgan xolda O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari ro'yxatidan chiqarilgan. 

SHu o'rinda xabarga oydinlik kiritib ketamiz, doping-tahlil O'zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari tomonidan olingan bo'lib, Diyorbek O'razboevning Rio-2016 Olimpiadasidagi medaliga hech qanday tasir o'tkazmaydi.

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing