20 sen 17:38
Yangiliklar
Dzyudo
Diyorbek O'rozboev Toshkent Gran-prisining bronza medalini qo'lga kiritdi
Toshkentda davom etayotgan dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqaning kechki dasturiga start berildi.
Biroz avval -60 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Diyorbek O'rozboev bronza medali uchun tatamiga chiqdi.
Turkiyalik Mixrach Akkushga qarshi bahs olib borgan Rio Olimpiadasining sovrindori yosh raqibiga haqiqiy mahorat darsini ko'rsatib berdi va bellashuvni o'z foydasiga hal qildi. Bu bilan hamyurtimiz Tokio Olimpiadasi uchun o'z hisobiga 350 reyting ochkosini ham qo'shib qo'ymoqda. Birozdan so'ng -66 kilogramm vazn toifasida boshqa bir vakilimiz Sardor Nurillaev ham bronza medali uchun tatamiga chiqadi.
FOTO: Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar