08 dek 08:24
Yangiliklar
Dmitriy Bivol: "Asosiysi chempionlik kamari, raqib emas!"
"Men allaqachon revansh masalasini muhokama qilishimiz mumkin, bu masalada muammo yo'q deganman. Menejerim va promouterimga oldinga siljishni, boshqa chempionlik kamarlari uchun jang qilishni xohlayotganimni aytdim. Kanelo bilan navbatdagi jang... Lekin men boshqa kamar uchun kurashishni afzal ko'raman.
Asosiysi kamar, raqib emas! Bugun chempion Beterbiev, ertaga balki Yard yoki boshqasi bo'lishi mumkin. Albatta, har qanday yaxshi professional bokschi mutlaq chempion bo'lishni xohlaydi. Kamarlar puldan muhimroq, chunki ular bilan ko'proq pul ishlashim mumkin. To'g'ri, pulni yaxshi ko'raman. Lekin faqat pul haqida o'ylaganimda, bu erda bo'lmas edim. Men jang qildim, chunki bu menga kerak edi", - dedi Bivol.
Fikrlar