29 may 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol: "UFC - monopol. SHu bois MMA jangchilari bokschilardan ancha kam daromad oladi"
Dmitriy Bivol nega MMA jangchilari kamroq pul topishi haqidagi savolga javob berdi.
"MMA jangchilari ancha kam pul oladi, chunki UFC ushbu sohadagi monopolist. Boksda esa WBC, WBA, WBO, IBF kabi ko'plab raqobatchi tashkilotlar bor. SHu bois, ular bokschilarga yaxshi shart-sharoit yaratishga majbur bo'ladi.
Agar UFC kabi faqat bitta tashkilot bo'lsa, daromadlar tushishi mumkin. Lekin kelishuvlarga erishish osonroq bo'ladi, katta janglarni tashkil etish ham osonroq kechadi. Bu bokschi faoliyatini rivojlantirishda foyda beradi", — dedi Bivol.
Havola :
Manba : Forbes
Fikrlar