24 dek 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol Xilberto Ramires bilan jang qilishi mumkin
Yarimog'ir vaznda WBA chempioni Dmitriy Bivol ikkinchi o'rta vazndagi sobiq chempion Xilberto Ramires bilan jang qilishi mumkin.
"Bu uzoq muhokama qilingan. Ushbu jangni keyingi yil amalga oshirishga ishonyapmiz. Umid qilamizki, karantin choralari va virus bilan bog'liq holat barqarorlashadi. Biz esa barcha rejalarimizni amalga oshirish imkoniga ega bo'lamiz", - dedi Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Dmitriy Bivol o'zining kamarini o'tgan yili noyabr oyida himoya qilgan edi. SHundan beri bokschi ringga chiqqani yo'q. Xilberto Ramires esa hozir erkin agent hisoblanadi.
Havola :
Manba : РИА
Fikrlar