28 may 15:55
Yangiliklar
Dmitriy SHokinda bronza, taekvondochilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi bo'lishdi
Musobaqaning so'nggi kunida Dmitriy SHokin (+87kg) bronza medali sohibiga aylandi.
34 mamlakatdan 564 nafar sportchi ishtirok etgan qita birinchiligida o'zbekistonlik taekvondochilar 8ta medal (2 oltin, 1 kumush va 5 bronza) qo'lga kiritishdi va umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallashdi.
Osiyo chempionatida sovrindor bo'lgan taekvondochilarimiz ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi :
Oltin
-74kg: Nikita Rafalovich
-67kg: Nigora Tursunqulova
Kumush:
-87kg: Jasur Boyqo'ziev
Bronza:
-80kg: Maksim Rafalovich
-63kg: Sardor Toirov
-46kg: Madina Mannopova
-58kg: Niyoz Pulatov
-87kg: Dmitriy SHokin
Milliy olimpiya qo'mitasi Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok munosabati bilan O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasini, terma jamoamiz murabbiylar shtabini va albatta taekvondochilarimizni muborakbod etadi.
Sportchilarimiz Toshkentga ertaga, 29 may kuni soat 19:20da Seul-Toshkent yo'nalishi bo'yicha etib kelishadi.
Fikrlar