So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

30 iyu 18:25
Yangiliklar

Sport kurashlari

Dog'istonliklar mashg'ulotlarga qaytishdi

Sport kurashlari bo'yicha Dog'iston terma jamoasi koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytdi.

Avgust oyining ilk kunlari dog'istonlik erkin kurashchilar ikki haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Xushtad Cumadinsk tumaniga qarashli tog'li hududda joylashgan  bazaga jo'nab ketishadi. Terma jamoa to'rt oylik tanaffusdan so'ng ilk bor to'liq tarkibda yig'ilmoqda. Yig'inga jami 43 kurashchi taklif etilgan bo'lib, ularning 25 nafari Rossiya terma jamoasi azolari hisoblanadi. Ular shu kunlarda Moskva shahrida chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishyapti. 

"Biz hali bunday balandlikda mashg'ulot o'tkazmagan edik. Hozir boradigan joyimiz dengiz sathidan 1800 metr balandlikda joylashgan. Tog'ning musaffo havosi hamda ajoyib tog' manzarasidan bahramand bo'lish va shu bilan birga mashg'ulot o'tkazish har bir kurashchi uchun yoqimli xislarni taqdim etadi. Ushbu bosqichda asosiy etibor umumiy jismoniy tayyorgarlikka qaratiladi. Afsuski, bazada sport zali va stadion yo'q. Bor imkoniyatdan kelib chiqib mashg'ulotlarni tashkil qilamiz. Agvalining markazigacha 10 kilometr masofa bor. O'sha erda sparring mashg'ulotlarni o'tkazamiz", - dedi terma jamoa katta murabbiyi Gadji Rashidov.

Malumot uchun, 18-20 sentyabr kunlari Moskva shahrida Rossiya chempionatining o'tkazilishi rejalashtirilgan. Aslida mamlakat chempionati aprel oyida Ulan-Udeda o'tkazilishi kerak edi. Lekin koronavirus pandemiyasi sabab musobaqa bekor qilingandi. Buryatiya poytaxti Rossiya chempionati mezboni sifatida qolaveradi, faqat bu musobaqa kelasi yilda o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing