27 apr 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA
"Doim shunday bo'lgan". Getji Topuriyaga qarshi jang uchun vada berdi
UFC’ning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji Iliya Topuriyaga qarshi jang borasida fikr bildirdi.
Ularning janglari 14 iyun kuni UFC White House turnirida bo'lib o'tadi.
"Bu lahza qanchalik muhimligini tushunaman. Oq uy maydonida, bunday auditoriya oldida jang qilish — bu ajoyib. AQSHni namoyon etayotganimdan faxrlanaman. Har safar oktagonga chiqqanimda shu hisni o'zim bilan olib chiqaman.
Oxir-oqibat, translyaciyani ko'rayotganlar uchun eng yaxshi narsa — oktagonga chiqib, o'z mahoratini ko'rsatish. Mening yondashuvim doim shunday bo'lgan — muxlislar, sport, oilam va odamlar uchun borimni berish", — dedi Getji.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar