14 fev 14:21
Yangiliklar

Don King chempionlik jangi o'tkazish huquqini qo'lga kiritdi
Ushbu jangi birinchi og'ir vazn toifasida WBA Regular chempionlik kamari sohibi qozog'istonlik Beybut SHumenov hamda vaqtinchalik WBA chempioni Arsen Gulamiryan o'rtasida o'tkaziladi.
SHumenovning promouteri bo'lgan King jang huquqi uchun kechgan ochiq savdoda 821 000 AQSH dollari taklif qildi. Bu Gulamiryanning promouteri taklif qilgan summadan 200 000 dollarga ko'p deganidir.
WBA qoidalariga ko'ra, SHumenov umumiy mukofot pulining 55 foizi, yani 451,55 dollarni qo'lga kiritadi. Gulamiryan esa 45 foiz, 369,45 dollar gonorarga ega bo'ladi.
Jang sanasi hali rasman elon qilinmadi. Hozir uchta sana berilgan: biri 15 aprel kuni Monte-Karlo, ikkinchisi 30 aprel sanasida SHumenov tug'ilib o'sgan Arslan, uchinchisi esa 13 may kuni Nyu-Yorkda!
Fikrlar