So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

05 apr 18:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Doping tufayli g'alabasidan ayrilgan va kamiga chetlatilgan qozog'istonlik UFC jangchisi bayonot bilan chiqdi

Avval xabar berganimizdek, qozog'istonlik aralash yakka kurash ustasi Alibi Idiris doping sababli 2027 yil 21 fevralgacha diskvalifikaciya qilingandi.

"Hurmatli muxlislar, assalomu alaykum! Bir yarim oy oldin sizlarni yorqin g'alabam bilan xursand qilgandim, ammo noxush xabar tarqaldi — bu jang hisobga olinmaydi.

Nega? Hozir turli xil malumotlar tarqalyapti. Xususan, meni dopingda ushlashgani haqida gap-so'zlar bor. Gap dorixonada sotiladigan dori — siydik haydovchi vosita haqida ketyapti. Jang haftasi davomida ko'p suv ichgandim va bu dori organizmdan suyuqlikni chiqarishga yordam bergan. Rostini aytsam, uning taqiqlangani haqida avvaldan bilmaganmiz.

Bu oddiy dori vositasi, narxi ham arzon. Bu — mening xatom. SHu bilan birga, bu barcha birodarlarimiz va boshqa sportchilar uchun saboq bo'lishi kerak — dorixonalarda ham taqiqlangan moddalar ko'p. Ammo bu testosteron, masteron yoki meldoniy kabi taqiqlangan preparatlar emas, bu boshqacha holat.

Natijada meni musobaqalardan chetlatishdi. Yana 10 oy qoldi. Umuman olganda, oldimda yana 6 ta jang bor. Bu faqat mening xatom! Inshaalloh, biz yana qaytamiz. barchaga rahmat!", deya vaziyatga munosabat bildirgan Idiris.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing