22 may 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Dos Anos Maxachev haqida keskin fikr bildirdi
Braziliyalik UFC jangchisi Rafael dos Anos Islam Maxachev haqida yana bir bor o'z fikrini bayon etdi.
"Islam — qo'rqoq! U men bilan jang qilishga roziligini aytib, ertasiga uni bekor qildi. Qisqa vaqt ichida jang qilishni istamaganligi uchun hech kimni ayblamayman, lekin agar sen ixtiyoriy ravishda jang qilmoqchi bo'lsang, buni bajarishing kerak.
O'ylashimcha, oxir-oqibat hammasi Dana Uayt aytganidek bo'ladi. Islam Abu-Dabida Beneil Dariush bilan jang qiladi, chunki u menga qarshi oktagonga chiqishga ko'nmadi. Uayt Islamni Dariush bilan uchrashtirish orqali kamar uchun jangsiz qoldirib, uni jazolaydi", - deya dos Anosning so'zlarini keltiradi MMAFighting.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar