25 okt 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Doston Bozorov hamda Amirxon Alixo'jaev dahanaki jangga kirishdi, Nursulton Ro'ziboev ham o'rtaga tushdi
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustalari Doston Bozorov hamda Amirxon Allixo'jaev kecha Instagram tarmog'idagi sahifalari orqali munozaraga kirishdi.
Dastlab, Alixo'jaev Octagon ligasi chempionlik kamarini joylab, "Kokand Lion" deya izohladi.
Bunga munosabat bildirar ekan, liga chempioni Doston Bozorov "Bu kamarni kimdirlar tushida orzu qilyapti. Ozgina sabr. Tushida oladi kamarni", deb yozdi.
SHundan so'ng Amirxon Alixo'jaev "Ko'p gapirma! Tez kunda sendan olaman, senga hozircha omonat, turib tursin xo'p. Ko'rishguncha xayr. Aytgancha, ko'chada olib yurma, qirilib qolmasin", dedi.
Voqeaga UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev aralashib, agarda ularning niyati UFC'ga o'tish bo'lsa, bir-biri bilan jang qilmaslikni maslahat berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar