10 fev 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322351_220.jpg)
Drikus dyu Plessi Pereyradan Ankalaevni yutishni so'radi
UFC'ning o'rta vazn toifasidagi chempioni Drikus dyu Plessi yarimog'ir vazn toifasidagi chempion Aleks Pereyraga qarshi jang qilmoqchi.
"SHon bilan revanshdan so'ng biz Pereyra bilan arenalardan birida ko'rishib qoldik. Men Aleks bilan yaxshi gaplashdim.
Umuman, Pereyrani hurmat qilaman. Menimcha u vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi MMA jangchisi.
SHuning uchun unga qarshi oktagonga chiqmoqchiman. U men mag'lub etgan Izzini nokautga uchratgan. Bu jangga 100 foiz tayyorman. Ammo keyingisi Xamzat CHimaev bo'ladi. SHuning uchun undan Magomed Ankalaevni mag'lub etishni so'radim. Ankalaevga nisbatan xech qanday yomonligim yo'q, shunchaki men MMA afsonasi bo'lishga ulgurgan Aleks bilan jang qilib, g'alaba qozonishni istayman", - dedi dyu Plessi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar