02 mar 10:52
Yangiliklar
Tennis
Dubay (ATP). Medvedev qozog'istonlik raqibini mag'lub etdi
Dunyoning ettinchi raketkasi Daniil Medvedev Dubayda o'tkazilayotgan ATP turniri 1/4 finaliga yo'l oldi.
Rossiyalik tennischi 1/8 final uchrashuvida ATP reytingida 46-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Aleksandr Bublikni 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob set ko'rinishiga keldi - 6:0.
Oltmish olti daqiqa davom etgan bahsda har ikki tennischi ham 5 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Daniil Dubai Duty Free Tennis Championships turnirining 1/4 finalida xorvatiyalik Borna CHorichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar